23:57 / 22.03.2025
22 698

“Roma” xo‘jayinlari “qovun” tushirgan o‘yinchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

“Roma” xo‘jayinlari “qovun” tushirgan o‘yinchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Roma” joriy mavsum Yevropa ligasida g‘olib chiqishga da’vogar edi. Biroq nimchorak finalning javob uchrashuvida Klaudio Raneri shogirdlari “Atletik”ga 1:3 hisobida yutqazdi va turnirni tark etdi.

Ispaniyadagi uchrashuvda rimliklar himoyachisi Mats Xummels 11-daqiqadayoq maydondan haydaldi. Avvaliga to‘pni raqibga oldirib qo‘ygan tajribali futbolchi, xatosini to‘g‘rilash uchun qo‘pol o‘ynadi va qizil kartochka bilan jazolandi. Oqibatda 80 daqiqadan ko‘proq bir kishi kam o‘ynagan “Roma” mag‘lubiyatini tan oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Roma” mutasaddilari 36 yoshli Xummelsni jamoada olib qolmaydigan bo‘ldi. Klub nemis futbolchisi bilan hamkorlikni uzaytirmaydi.

Mats joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 marta maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urishga erishdi. U mavsum yakunlangach, Rimni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport