
O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni, og‘ir vazn toifasida (+90 kg) ringga chiqayotgan Bahodir Jalolov 5 aprel kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan boks kechasidagi jangi haqida fikr bildirdi.
Ushbu jangda Jalolovga ukrainalik Igor Shevadzutskiy raqiblik qiladi.
"G‘alaba uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilaman. Ring maydonida barchasiga aniqlik kiritamiz. Raqibimni yutish, uni nokautga uchratish uchun harakat qilaman. Bu bizning mintaqamiz, shu bois xalqimiz uchun esda qolarli jang taqdim etishni istayman", dedi Jalolov BoxNation nashriga bergan intervyusida.
30 yoshli Jalolov professional boksda 14 g‘alabaga erishgan va hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. U ikki karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi va uch karra Osiyo chempioni sanaladi.
Bahodirning raqibi Igor Shevadzutskiy esa professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan 12 tasida g‘alaba qozongan. Ta’kidlash kerakki, u ushbu g‘alabalarning 10 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar