
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"A" guruhida peshqadam bo‘lib turgan Eron safida Muhammad Mohebi diskvalifikatsiya sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, "Istiqlol" futbolchisi Ro‘zbex Sheshmi jarohat sabab maydonga tushmasligi aytilmoqda. BAAga qarshi o‘ynamagan yana bir yetakchilardan Mehdi Taremida ham jarohat bor.
O‘zbekiston terma jamoasi safida esa Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvda sariq kartochka olgan Jaloliddin Masharipov bu bahsni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari Oston O‘runov ham so‘nggi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan va "Persepolis" lageriga yo‘l olgan. Sherzod Nasrullayevda esa kichik jarohat bor. Uning maydonga tushishi so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, "Ozodiy" stadionida rejalashtirilgan o‘yin bugun soat 21:00da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar