19:49 / 25.03.2025
146

Eronlik jurnalist: G‘alenoi O‘zbekiston bugun 3-4-3 uslubida o‘ynashini taxmin qildi

Eronlik jurnalist: G‘alenoi O‘zbekiston bugun 3-4-3 uslubida o‘ynashini taxmin qildi
Bugun milliy terma jamoamiz Tehronda Eronga qarshi bahs olib boradi. JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan bahs ikki terma jamoani ham mundial yo‘llanmasiga yanada yaqinlashtiradi, Eron esa bugunning o‘zidayoq Jahon chempionatiga chiqishi mumkin.

Biz esa muhim bahs oldidan, Eronning eng mashhur nashrlaridan birida faoliyat olib boruvchi sport jurnalisti Mehdi Mortazavian bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Bu o‘yin har ikki jamoa uchun ham juda muhim. Eron jahon chempionati yo‘llanmasini iloji boricha tezroq qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda. Bosh murabbiy Amir G‘alenoining asosiy maqsadi shu, chunki u Eron futboli tarixida o‘z izini qoldirib, terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqishni istaydi. Shuning uchun, bugungi bahsda ijobiy natijaga erishish va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritilishi lozim. Qisqasi, ushbu bahsdan so‘ng barcha mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mehdi Taremi va Said Izzatullohi maydonga tushishga tayyor, bu esa Eron uchun ajoyib xabar. O‘zbekiston ham ancha kuchli tarkib bilan Tehronga keldi, Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanovlarni butun dunyo taniydi. Taktikaga kelsak, G‘alenoi O‘zbekiston bu o‘yinda 3-4-3 uslubida o‘ynashini taxmin qildi.

Bugun Eron g‘alaba qozonishi va mundial masalasini hal etishi kerak" - deya fikr bildirdi Mehrnews nashri sport jurnalisti Mehdi Mortazavian.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport