
We Global Football nashri 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi bo‘yicha Osiyo terma jamoalarining prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 3-bosqichda yo‘llanma olish ehtimoli 96 foiz deb baholangan. Bu natija yurtdoshlarimizning tarixiy mundialga chiqish uchun katta imkoniyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Eron – guruh yetakchisi
A guruhida Eron terma jamoasi 100 foiz ehtimol bilan Jahon chempionatiga yo‘l olgan. Ular 96,9% ehtimol bilan 1-o‘rinni, qolgan 3,1% ehtimol bilan 2-o‘rinni egallaydi. Bu jamoa uchun saralash rasman yakunlangan deya olish mumkin.

O‘zbekistonga so‘nggi bosqichdagi bahslar muhim
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi 96% ehtimol bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialga yo‘l oladi. Ammo jamoa ushbu imkoniyatni rasman naqd qilishi uchun BAA va Qatarga qarshi so‘nggi ikki o‘yinda yaxshi natija qayd etishi lozim.
Saralash taqvimi:
5 iyun – BAA (safarda)
10 iyun – Qatar (uyda)
BAA terma jamoasi 4% ehtimol bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishi mumkin, ammo ularning asosiy imkoniyati pley-offga chiqish (96%) hisoblanadi. Bu esa O‘zbekiston uchun 5 iyun kunigi safar o‘yini juda muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Boshqa guruhlardagi holat
B guruhi:
- Koreya Respublikasi (94.2%) mundialga yo‘l olishga deyarli ishonchli.
- Iordaniya (68.1%) ham yuqori imkoniyatga ega.
- Iroq (23.6%) va Umon (8.2%) esa qiyin ahvolda.
C guruhi:
- Yaponiya (100%) barcha o‘yinlardan mundialga yo‘l olgan.
- Avstraliya (93.7%) ham yaxshi holatda.
- Saudiya Arabistoni (6.2%) pley-off imkoniyatini saqlab qolgan.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish uchun tarixiy imkoniyat yaratilgan. Jamoamiz BAA va Qatarga qarshi o‘yinlarda yaxshi natija qayd etsa, ilk marta mundialda ishtirok etishi mumkin. Hozircha 96% ehtimol bilan yo‘llanma qo‘lga kiritilgan, ammo so‘nggi o‘yinlar baribir hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Futbol ixlosmandlari terma jamoamizning hal qiluvchi bahslardagi ishtirokiga katta umid bog‘lamoqda. Ishonamizki, 2026 yil AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida O‘zbekiston terma jamoasini ko‘ramiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar