22:22 / 28.03.2025
4 986

Mirjalol Qosimovning "Qizilqum" mag‘lub etilgan o‘yin haqidagi fikrlari

Mirjalol Qosimovning "Qizilqum" mag‘lub etilgan o‘yin haqidagi fikrlari
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - OKMK (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni kelayotgan Ramazon hayit bayrami bilan tabriklayman. Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Shogirdlarimning 80 foizi ro‘zador edi. Birinchi bo‘lim og‘irroq o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda shogirdlarim o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani to‘laqonli uddalashdi. Bizni qo‘llab quvvatlagan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Bu yil OKMK oldida chempionlik vazifasi qo‘yilganmi?
- Har doim mavsum avvalida shunaqa savol berishadi. Maqsadimiz har bir o‘yinda muxlislarga tomoshabop futbol taqdim etish. Sport prinsiplari bor, biz maydonga chiqqanimizda har qanday raqibga yetarlicha kurash taqdim eta olishimiz kerak.

- Siz o‘tgan mavsumlarda jamoa darvozabonlarini ko‘p rotatsiya qilardingiz. Bu mavsumda ortda qolgan 3 o‘yinda faqat Javohir Ilyosovni ko‘rayapmiz...
- Futbolchi ham inson. Hammada ham turlicha ruhiyat bo‘ladi. Eng tayyor bo‘lganni maydonga chiqaramiz. Balki Dilshod yoki Xumoyunshohni asosiy tarkibga kiritarmiz. Buni vaqt ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport