13:47 / 30.03.2025
2 187

Italiya: «Roma» yevrokuboklar oltiligida (video)

Italiya: «Roma» yevrokuboklar oltiligida (video)
Shanba oqshomida Italiya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin.

«Yuventus» — «Jenoa» 1:0
Gol
: Yildiz (25).
«Yuventus» — Di Gregorio, Gatti (Kalulu, 27), Veyga, Kelli, Gonsales (Vea, 82), Lokatelli, Tyuram, Makkenni, Kopmeyners (Konyseysau, 66), Yildiz, Vlahovich.
«Jenoa» — Leali, Sabelli, De Vinter, Vaskes, Matturro, Frendrup, Onana (Malinovskiy, 71), Mazini, Miretti (Torsbi, 80), Zanoli (Venturino, 63), Pinamonti (Ekuban, 71).
Ogohlantirishlar: Tryuam (31), Frendrup (56), Malinovskiy (72), Vea (88).

Tiagu Mottani ishdan bo‘shatgach, «Yuventus» A Seriyaning eng yaxshi inqirozga qarshi menejerini bosh murabbiy etib tayinladi. O‘z vaqtida «Keksa sinoralar» safida o‘ynagan xorvatiyalik Igor Tudor mavsum davomida jamoalarni qabul qilgan va shu maqomda kamida ellikta o‘yin o‘tkazgan murabbiylar orasida so‘nggi 90 yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. U bunday uchrashuvlarning 86 foizida (69 tadan 59 tasida) g‘alaba qozongan, shanba kuni esa «Jenoa» ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga statistikani yaxshiladi. Shu bilan birga, kamtarona 1:0 o‘yin xarakteriga unchalik mos kelmaydi. Turinliklar so‘nggi daqiqalarda ham gol urish uchun ikkita yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Va bu o‘yin taqdirini hal qilgan Kenan Yildizning vaziyatiga qaraganda ancha yaqqol vaziyatlar edi. Jarima maydoniga yorib kirgan turkiyalik futbolchi himoyachini chiroyli tarzda aldab o‘tib, darvozani o‘tkir burchakdan nishonga oldi. Bu Yildizning «byankonerilar» safidagi yettinchi goli bo‘ldi. Agar u o‘zining tug‘ilgan kunigacha (4 may) hech bo‘lmaganda bir gol urishga ulgursa, g‘alaba uchun uch ochko berish boshlanganidan keyingi davrda 20 yoshdan oshmagan futbolchilar tomonidan urilgan gollar soni bo‘yicha «Yuve» rekordini o‘rnatadi. Hozircha Yildiz bu borada Moyze Kin bilan bir xil natija qayd etmoqda.

«Lechche» — «Roma» 0:1
Gol
: Dovbik (80).
«Lechche» — Falkone, Gilber, Gashpar, Baskirotto, Gallo, Kulibali (Kaba, 72), Ramadani (Rebich, 84), Perotti (Banda, 58), Helgason (Berisha, 72), Karlsson (Ndri, 58), Krstovich.
«Roma» — Svilar, Manchini, Hummels, Ndika, Salemakers (Pisilli, 84), Kone, Kristante, Anhelino, Sule (Shomurodov, 72), Pellegrini (Baldanzi, 72), Dovbik (El Sha’roviy, 84).
Ogohlantirishlar: Karlsson (54), Baldanzi (75), Salemakers (78).

«Roma» tur o‘yinini yakshanba kuni o‘tkazadigan «Latsio»ni quvib o‘tib, yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi oltinchi o‘ringa ko‘tarildi. Autsayderga qarshi o‘yinda rimliklar uzoq vaqtgacha o‘z maqsadiga yeta olmadi va Klaudio Raniyeri ikkinchi hujumchi sifatida Eldor Shomurodovni ham maydonga tashladi. Bu esa o‘z samarasini berdi va 80-daqiqada Artyom Dovbik yaqin burchakni aniq nishonga olib, rimliklar jamoasining g‘alabali seriyasini yetti o‘yinga yetkazdi. «Bo‘rilar»da bunday muvaffaqiyatli oraliq 2016 yildan buyon kuzatilmagandi, o‘shanda Luchano Spalletti boshqaruvidagi jamoa qatorasiga sakkiz o‘yinda g‘alabaga erishgandi. «Roma» uchun mavsumni qutqarib qolgan Klaudio Raniyeri keyingi haftada bu natijani takrorlash imkoniyati bo‘ladi — ammo taqvim oson emas, avvaliga «Yuventus», uning ortidan — Rim derbisi kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport