14:43 / 31.03.2025
2 877

Gvardiola O'Raylini Angliya Kubogi yarim finalida o‘ynatishga va’da berdi

Gvardiola O'Raylini Angliya Kubogi yarim finalida o‘ynatishga va’da berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Niko O'Raylini Angliya Kubogi yarim finalida o‘ynatishga va’da berdi.

Yakshanba kuni "Manchester Siti"ga "Bornmut" ustidan g‘alaba qozonishida aynan O'Rayli yordamga kelib, 2 ta assist amalga oshirdi. U tanaffusda Abduqodir Husanovni almashtirgan edi.

Gvardiolaning ta’kidlashicha, O'Rayli oldingi turda ham katta taassurot qoldirgan, shuning uchun 20 yoshli angliyalik futbolchi 4 haftadan so‘ng "Uembli"da bo‘lib o‘tadigan Kubok o‘yini yarim finalida maydonga tushadi.

- "Niko "Plimut" darvozasiga ikkita to‘p kiritgandi va bugun ham o‘yinga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. U albatta yarim finalda o‘ynaydi!

U juda yaxshi o‘ynadi. Shu o‘rinda, uning hujumkor yarim himoyachi ekanligini unutmasligimiz kerak. Tezkor, juda aqlli va to‘p bilan yaxshi muomala qiladi, raqib darvozasi oldida doim xavfli vaziyat hosil etadi", – dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" musobaqa yarim finalida "Nottingem Forest" bilan bellashadi. Uchrashuv 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport