
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Angliya Kubogining chorak final bahsida "Siti" "Bornmut" mehmoni bo‘ldi va g‘alabaga erishdi. Uchrashuving ikkinchi bo‘limida Erling Xoland jarohat oldi va bahsning 61-daqiqasida zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuv yakunidan so‘ng stadionni qo‘ltiq tayoqda tark etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xoland uchun mavsum yakunlangan. U iyun oyida boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha safga qaytishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar