
"Liverpul" jamoasi mart oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu mukofotni braziliyalik darvozabon Alisson Becker qo‘lga kiritdi.
Muxlislar orasida o‘tkazilgan ovoz berishda 32 yoshli posbon 29 foiz ovoz to‘plab, Muhammad Salah hamda Dominik Soboslayni ortda qoldirdi.
Ushbu mavsumda Alisson 21 o‘yinda maydonga tushib, 9 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Shu bilan birga 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.
"Liverpul" 29 tur yakunlariga ko‘ra 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, deb xabar beradi Euro-Football.ru.
Liverpul JamoasiAlisson BeckerEng Yaxshi FutbolchiMuxlislar Ovoz BerishdiYoshli PosbonTurnir Jadvalida Yetakchilik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar