date 11:12 / 06.04.2025
views 646

De Bryuyne ketadi, uning o‘rnini Joau Nevesh egallaydimi?

De Bryuyne ketadi, uning o‘rnini Joau Nevesh egallaydimi?
Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini e’lon qilgach, “shaharliklar” unga munosib o‘rinbosar izlashni jadallashtirdi. Klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola esa yangi nomzod sifatida “Pari Sen-Jermen” safidagi portugaliyalik yosh iste’dod Joau Neveshga ko‘z tikib turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Benfika” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 20 yoshli Nevesh PSJ safida Luis Enrike qo‘l ostida muhim figuraga aylandi. Uning o‘yinni tashkil etish mahorati, jismoniy chidamliligi va taktik jihatdan puxta tayyorgarligi Gvardiolaning diqqatini tortdi. Endi esa ispaniyalik mutaxassis uni Kevin de Bryuynening o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Parijliklar Joau Neveshni tarkibda saqlab qolish niyatida, biroq “Manchester Siti” transferni yirik mablag‘ evaziga amalga oshirish imkoniyatiga ishonmoqda. Xabarlarga ko‘ra, klub uning uchun 100 million yevro atrofida pul sarflashga tayyor.

Agar bu transfer amalga oshsa, bu “Siti”ning kelajak pleymeykerini shakllantirishdagi muhim qadamlaridan biri bo‘ladi. Joau Neveshning Premer-ligaga moslashishi va Gvardiola uslubiga qanday integratsiya bo‘lishi esa katta qiziqish uyg‘otadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport