date 15:50 / 06.04.2025
views 4 583

"Roma" - "Yuventus": Taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

"Roma" - "Yuventus": Taxminiy tarkiblar e’lon qilindi
Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" o‘z maydonida Turinnning "Yuventus" klubini qabul qiladi.

Mazkur bellashuv uchun ko‘plab mashhur saytlar o‘zlarining taxminiy tarkib bo‘yicha versiyalarini taqdim etishdi.

Sports Mole nashriga ko‘ra ushbu bahs uchun jamoalarning taxminiy tarkibi quyidagicha:

"Roma": Svilar, Chelik, Manchini, Ndiska, El-Shaaravi, Kone, Kristante, Paredes, Anxelino, Sole, Dovbik.

"Yuventus": Di Gregorio, Kalulu, Veiga, Kelli, Vah, Lokatelli, Tyuram, Makkenni, Gonzales, Yildiz, Vlaxovic.

Shu bilan birga, "Yahoo Sports", "Sportsgambier", "Fotmob" hamda "Onefootball" nashrlari ham ushbu uchrashuv yuzasidan o‘z taxminiy versiyalarini taqdim etishdi.

Lekin, hech bir sayt Eldor Shomurodovning bugungi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmayapti.

Ma’lumot uchun, mazkur "Olimpiko" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan o‘yin soat 23:45 da start olishi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport