
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola derbi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan yosh futbolchi Niko O'Raylining harakatlariga yuqori baho berdi.
— Juda yaxshi! U o‘sha pozitsiyada, ayniqsa birinchi taymda, juda yaxshi o‘ynadi. Men undan juda mamnunman.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O'Rayli o‘yin oxirida charchagan bo‘lsa-da, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi:
— Niko so‘ngi daqiqalargacha, charchagan bo‘lsa-da, a’lo darajada o‘ynadi. Shu jihatdan qaraganda, men juda-juda qoniqdim, - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 12 aprel kuni soat 16:30 da "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar