date
views 1 457

Kurtua ikki bor to‘p o‘tkazdi… Aybni esa o‘z zimmasiga oldi!

Kurtua ikki bor to‘p o‘tkazdi… Aybni esa o‘z zimmasiga oldi!
Londondagi “Emireyts” stadionida kecha futbol dunyosida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan natija qayd etildi: Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Arsenal” amaldagi chempion “Real”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi!

Bu hisobning ilk ikki goli esa futbolchidan ko‘ra mahoratli snayperni eslatgan Deklan Rays tomonidan jarima zarbalaridan kiritildi.

Qaxramon va qurbon — jarimalar sari xikoya
Jamoa uchun ikki bor to‘p o‘tkazgan Tibo Kurtua o‘yindan so‘ng jurnalistlarga ochiqcha gapirdi. U muruvvat qilib hech kimni ayblamadi — aybni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z gardaniga oldi.

“Men o‘ylagandimki, devor yetarli tarkibda tuzilgan. Odatda, yana bitta o‘yinchi qo‘shimcha qo‘yardim. Lekin Deklanning to‘pni shunday aniq aylantirishini kutmadim. Agar bir jamoadoshimni devorga qo‘yganimda, vaziyat boshqacha bo‘lardi. Bu xato uchun javobgar — menman”, — dedi Kurtua ochiq-oydin.

Ikkinchi gol? To‘p... va san’at!
Aniqlik kiritib o‘tish joiz — Rays ikkinchi jarima zarbasini shunchaki emas, mohirlik bilan “chizib” kiritdi. Har qanday darvozabonni “ro‘ksor qiluvchi” zarba! Bu nafaqat taktik xatolar, balki shaxsiy mahoratning yuqori namunasi edi.

“Real”ning o‘z maydonidagi sinov
Kurtua nafaqat darvoza himoyasi, balki jamoa fe’l-atvori haqida ham gapirdi:

“Aslida har ikki holatda ham himoyachilar tomonidan keraksiz follar bo‘ldi. Jarima maydonchamiz yaqinida xavf yo‘q edi. Bu xato — jamoaviy. Lekin ishonchim komilki, biz bundan xulosa chiqaramiz.”

✅ Endi esa 16 aprel kuni navbat “Santyago Bernabeu”ga! Javob uchrashuvida “Real”ning tarixi, madhiyasi va millionlab muxlislari ortida turadi. Lekin raqib “Arsenal” ham endi jiddiy da’vogar.

Zamin xulosasi:
- Kurtua o‘z xatosini tan oldi — bu professionallik!
- “Real” uchun hozir endi har bir daqiqa finalga teng.
- Madriddagi javob uchrashuvi — nafaqat futbol, balki xarakter, iroda va sharaf sinovi!

Muxlislar, 16 aprel kuni tanaffussiz futbol tamoshasiga tayyor turing — “Bernabeu”da barcha savollarga javob olamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport