date
views 1 150

“Inter”ga qarshi revansh bormi? Kompani “Bavariya” imkoniyatlarini baholadi!

“Inter”ga qarshi revansh bormi? Kompani “Bavariya” imkoniyatlarini baholadi!
Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichining birinchi uchrashuvida "Bavariya" Milanning "Inter" jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramasdan, myunxenliklar jang maydonida “yiqilgan” emas, balki “tez oyoqqa turadigan” jamoa ekanini yana bir bor isbotladi.

Belgiyalik bosh murabbiy Vensan Kompani o‘yindan so‘nggi matbuot anjumanida ko‘ngilsiz natijaga qaramay, muxlislarni yurakdan suyintirdi:

“Bizda gol urish imkoniyatlari yetarli edi – hatto ikki-uchta emas, undan ko‘proq. Qarshida kuchli hujumchilarga ega 'Inter' bor, lekin biz ulardan xavfliroq ko‘rindik.”

Milan”da taslim bo‘lish yo‘q!
Kompani jamoasining “Allergri” stadionidagi revansh uchun tayyor ekanini ochiq bayon qildi:

“Jarohatlar, kechirimlar... bular bahona. Biz 'Milan'da ham o‘z imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Bu to‘qnashuvning faqat birinchi yarmi. Hech qanday jamoa birinchi bo‘limni 1:2 hisobida yutqazib tugatganidan keyin kiyim almashtirish xonasida: "Tamom, taslim bo‘lamiz, uyga ketdik", demaydi.. Biz, aksincha, bundan kuch olamiz.”

Bosh murabbiyning fikricha, “Bavariya”da hali ham g‘alaba uchun ham, yarim finalga yo‘l ochish uchun ham yetarli asoslar mavjud:

“Menda jamoam raqibga tahdid sola olmaydi, degan his yo‘q. Faqat natija ba’zan adolatli bo‘lmaydi, xolos.”

“Alyans Arena”da nimalar bo‘ladi?
Shubha yo‘qki, javob o‘yinida “Bavariya” muxlislari va Kompani o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi yanada mustahkamlanadi. 90 daqiqada ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. “Qizil mashinalar” o‘ziga xos ruhda “Inter”ni qabul qiladi.

Endi navbat Myunxenda. Savol: “Bavariya” qayta oladimi?” Javob esa yashil maydonda beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport