date
views 3 711

Kubarsi Chempionlar ligasi tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Kubarsi Chempionlar ligasi tarixida yangi rekord o‘rnatdi
UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining ilk o‘yinida “Barselona” va “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi bahsda 18 yosh 77 kunlik Pau Kubarsi tarixiy natijaga erishdi. U o‘yinning birinchi golida assist muallifi bo‘lib, Chempionlar ligasi tarixida golga uzatma bergan eng yosh himoyachiga aylandi.

Bungacha bu rekord mashhur belgiyalik futbolchi Vinsent Kompaniga tegishli edi. Ammo endilikda uni Pau Kubarsi ortda qoldirdi. U uzatmani Robert Levandovskining 48-daqiqadagi goliga amalga oshirdi.

Hozirda o‘yin 3:0 hisobida “Barselona” foydasiga davom etmoqda (70-daqiqa holatiga ko‘ra).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport