
Angliyaning yetakchi klublaridan biri — “Manchester Siti” o‘z tarbiyalanuvchisi va jamoa yetakchilaridan biri sanalgan Fil Foden bilan yangi shartnoma imzolashga bel bog‘ladi. Bu haqda futbol insayderi Nikolo Skira ma’lum qildi. Xabar Euro-Sport orqali tarqaldi.
Natijalar — o‘rtacha, ishonch — mustahkam
24 yoshli futbolchi joriy mavsumda yarqin raqamlar qayd etmayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati unga ishonchni yo‘qotmagan. Gvardiolaning asosiy rejalaridan o‘rin olgan Foden bu mavsumda 40 uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 6 ta assist bilan jamoaga hissa qo‘shdi.
Yangi shartnoma: maosh oshadi, muddat uzayadi
Manbalarning yozishicha, “Siti” rahbariyati Fodenga maoshi sezilarli darajada oshirilgan va uzoq muddatli bo‘lgan yangi shartnoma taklif qilmoqda. Muzokaralar allaqachon boshlangan va tomonlar kelishuvga yaqin turibdi.
Amaldagi shartnoma qachongacha?
Fodenning hozirgi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq klub uni ancha oldindan uzaytirish orqali yosh yulduzni boshqa klublar e’tiboridan “berkitish” niyatida.
Siz nima deb o‘ylaysiz — Fil Foden “Siti” afsonasiga aylanishga tayyormi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!