
UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yini “Villa Park” stadionida davom etmoqda. Birinchi taymda mehmonlar — Parij Sen-Jermen (PSJ) jamoasi “Aston Villa” ustidan 2:1 hisobida oldinda.
PSJ tarkibida birinchi golni 11-daqiqada Ashraf Hakimi urdi. 27-daqiqada esa Nuno Mendesh hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib chiqdi. “Aston Villa” jamoasi esa 34-daqiqada Youri Tielemansning goli bilan hisobni qisqartirishga erishdi.
To‘p nazorati PSJ tomonida (67%) bo‘lib, ular raqib darvozasiga 3 marta zarba berib, barchasini nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. “Aston Villa” esa 5 ta urinish bilan 2 ta aniq zarba qayd etdi, ammo himoyada yo‘l qo‘yilgan xatolar hisobga ta’sir qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar