date
views 1 106

“Aston Villa” g‘alaba qildi, biroq PSJ yarim finalda

“Aston Villa” g‘alaba qildi, biroq PSJ yarim finalda
UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsida “Aston Villa” o‘z maydonida “PSJ” ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Ammo umumiy hisobda 4:5 natijasi bilan yarim final yo‘llanmasi Parij klubiga nasib etdi.

O‘yinning dastlabki gollari PSJ tomonida bo‘ldi — Ashraf Hakimi (11') va Nuno Mendes (27') hisobni 0:2 holatiga olib chiqdi. “Aston Villa” esa kuchli tarzda javob berdi: Tielemans 34-daqiqada hisobni qisqartirdi, ikkinchi bo‘limda esa McGinn (55') va Konsa (57') gollari bilan to‘liq burilish amalga oshirildi.

Statistik jihatdan “Aston Villa” 17 zarba, 8 aniq urinishni amalga oshirdi, biroq PSJ 66% to‘p nazorati va 611 pas bilan o‘yin boshqaruvini saqlab qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Aston Villa” g‘alaba qildi, biroq PSJ yarim finalda