
Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsida “Barselona” safarda “Borussiya” Dortmundga 1:3 hisobida yutqazdi. Garchi umumiy hisobda (5:3) yarim finalga yo‘l olishsa-da, bu o‘yin kataloniyaliklar uchun 2025-yildagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
“Barselona” oxirgi marta 2024-yil 21-dekabr kuni “Atletiko”ga (1:2) mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan so‘ng klub barcha musobaqalarda 24 o‘yin mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi (20 g‘alaba, 4 durang).
Navbatdagi o‘yin 19-aprel, shanba kuni “Selta”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. O‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan 19:15 da, deb xabar beradi Euro-Football.ru. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar