
“Borussiya” Dortmund yosh iste’dodlar bilan ishlashda yana bir katta qadam tashlamoqchi — bu gal maqsad Job Bellingem.
U “Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi. Judni ham Dortmund 2020 yili “Birmingem”dan 30 mln yevro evaziga olib, keyin 113 mln yevroga “Real”ga sotgan.
Hozirda “Sanderlend” jamoasida to‘p surayotgan 19 yoshli Job yuqori texnikasi, pozitsion o‘yini va aqlli paslari bilan ajralib turadi.
“Sanderlend” uning narxini 30 million yevro deb belgilagan. “Borussiya” esa bu narxga rozi ekani aytilmoqda. Demak, yozda yangi Bellingem Dortmundga kelishi mumkin.
Job ham akasidek yulduzga aylana oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar