date
views 1 523

“Arsenal” “Real Madrid”ni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi

“Arsenal” “Real Madrid”ni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 final javob o‘yinida “Arsenal” safarda “Real Madrid”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisob bilan yarim finalga yo‘l oldi. Uchrashuv “Santiago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi.

“Arsenal” safida Bukayo Saka 65-daqiqada gol urib hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Ammo 90+3-daqiqada Gabriel Martinellining goli “Arsenal”ga muhim g‘alaba keltirdi.

Statistikaga ko‘ra, “Real” 18 zarba yo‘llagan, shundan faqat 3 tasi nishonga tekkan. “Arsenal” esa 11 zarbadan 6 tasini aniq amalga oshirdi. Garchi mehmonlar to‘p nazoratida 33% ko‘rsatkichda bo‘lishgan bo‘lsa-da, ular yuqori aniqlik bilan o‘ynadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” “Real Madrid”ni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi