date
views 717

Rays: “PSJ – yuqori darajadagi jamoa”

Rays: “PSJ – yuqori darajadagi jamoa”
Arsenal yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi yarim finalidagi raqib – “Pari Sen-Jermen” haqida fikr bildirdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Londonliklar chorak finalda “Real Madrid”ni ikki o‘yinda jami 5:1 hisobida yenggan bo‘lsa, PSJ “Aston Villa”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi.

“PSJ – top jamoa. Biz bu mavsumda ularga qarshi o‘ynaganmiz, lekin hozir bu boshqa PSJ”, – dedi Rays “Santyago Bernabeu”dagi g‘alabadan so‘ng TNT Sports’ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “PSJ” o‘rtasidagi yarim final bahslari 29-aprel va 7-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Jamoalar bu mavsumda ilgari ham to‘qnash kelgan – o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Arsenal” o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rays: “PSJ – yuqori darajadagi jamoa”