Mbappe “Barselona”ga qarshi finalda o‘ynaydimi?

Mbappe “Barselona”ga qarshi finalda o‘ynaydimi?
“Arsenal”ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida jarohat olgan “Real” hujumchisi Kilian Mbappe ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi, deb euro-football.ru xabar berdi. Yaqin kunlarda fransuz yulduz futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

COPE nashrining xabariga ko‘ra, dastlabki baholarga ko‘ra, bu jarohat Mbappega “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalida ishtirok etishga xalaqit bermaydi.

Ma’lumot uchun, “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi Ispaniya Kubogi final uchrashuvi 26-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, “Real” chorshanba kuni o‘z maydonida “Arsenal”ga 1:2 hisobida yutqazib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:5) Chempionlar Ligasini tark etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar