
Armanistonda o‘tayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati (IV divizion) bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘yinda ham raqibni maydondan chiqarib yubordi.
Bu safar xokkeychilarimizga Indoneziya jamoasi to‘g‘ri keldi va yigitlarimiz raqibni 26:1 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi to‘liq ustunlikni namoyish qildi va guruhdagi peshqadamlikni yanada mustahkamladi.
Endilikda oldinda faqat bitta o‘yin qoldi — shanba kuni turnir autsayderi Malayziyaga qarshi.
Chempionlik uchun asosiy vaqtda istalgan hisobda g‘alaba qozonish kifoya.
Siz nima deb o‘ylaysiz, xokkeydagi ushbu yuksalish qanday davom etadi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar