
Anchelotti “Real”ni tark etadimi? Final — bosh murabbiy uchun so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin
Karlo Anchelottining “Real Madrid”dagi bosh murabbiy sifatidagi faoliyati yakunlanishi mumkin. Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finalidan so‘ng jamoani tark etadi.
Bosh murabbiy uchun “qaymoqranglilar” bilan bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi final so‘nggi rasmiy uchrashuv bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Anchelotti bu haqda nima degan?
Chempionlar ligasidan chiqib ketgandan so‘ng, Anchelotti klubda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini tan olgan edi. Shunga qaramay, u avvalroq bir necha bor:
“Men o‘z tashabbusim bilan klubni tark etmoqchi emasman,” — deb bayonot bergan.
Biroq joriy mavsumdagi natijalar va klubdagi umumiy kayfiyat uning qolish ehtimoliga savollar tug‘dirmoqda. Shuningdek, murabbiy yozda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida “Real” bilan bo‘lishini hozircha aniq tasdiqlamagan.
"Real"da navbatdagi murabbiy kim bo‘lishi mumkin?
Karlo Anchelottining ketishi klubda yangi taktik yechimlar va murabbiylik strategik yo‘nalishiga olib kelishi mumkin. Ayni paytda bir qator mutaxassislar, jumladan, Xabi Alonso, Raul, Yurgen Klopp kabi nomzodlar tilga olinmoqda.
Karlo Anchelotti Real Madrid Ispaniya kubogi finali Murabbiy almashinuvi Barselona Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar