
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolning haqiqiy afsonasiga aylangan.
U besh karra “Oltin to‘p” sohibi, rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi va milliy terma jamoa darajasida to‘p kiritish bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Ungacha hech kim buncha gol urmagan.
40 yoshda ham yuqori saviyada o‘ynayotgan Ronalduning jismoniy holati va samaradorligi havas uyg‘otadi. Bu esa uning mashg‘ulotga bo‘lgan yondashuvi va intizomi bilan bog‘liq.
“Mashaqqatli mehnat — muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li”, — dedi Ronaldu so‘nggi intervyusida.
Ronaldu nafaqat maydonda, balki moliyaviy jihatdan ham yetakchilardan biri. Saudiyaning “An-Nasr” klubi u uchun yiliga 200 million yevroga yaqin haq to‘lamoqda — bu futbol tarixidagi eng katta shartnomalardan biri.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Ronaldu yana qancha vaqt yuqori darajada o‘ynay oladi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar