
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Kanadaning "Toronto" klubiga o‘tishi mumkin edi, deb Upl.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Toronto" futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, ammo muzokaralar rasmiy boshlanishidan avval yakunlangan. Klub Eldor va uning vakillari bilan kelisha olmagan.
Shomurodov esa Yevropada qolishni va o‘zini isbotlashni afzal ko‘rgan.
Avvalroq “Roma” klubi u bilan shartnomani uzaytirishi, ammo maoshini kamaytirishi haqida xabarlar chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar