
Madridning mashhur “Real” klubi har yili futbol olamiga iste’dodli yoshlar yetkazib beradigan akademiyaga ega. Biroq shunga qaramay, ularning hammasi ham asosiy jamoada to‘p surish sharafiga ega bo‘lmaydi.
Keyinchalik esa ba’zi “erta ketgan” yulduzlar boshqa jamoalarda o‘zini ko‘rsatib, qayta “Qirollik klubi” diqqat markaziga tushadi. Ashraf Hakimi yoki Martin Edegor bunga yaqqol misollar.
“Real” qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?
So‘nggi ikki-uch yil ichida “Real” o‘z akademiyasida tarbiyalangan ikki yosh futbolchini arzon narxda boshqa klublarga sotgan:
- Migel Guterres — “Jirona”ga.
- Niko Pas — Italiyaning “Komo” jamoasiga.
Bu ikki transfer uchun madridliklar atigi 10 million yevro ishlab olgan. Ammo...
Endi ularning narxi necha baravar oshgan?
23 yoshli chap qanot himoyachisi Migel Guterres hozirda “Jirona” safida o‘yinlarini yuqori darajada o‘tkazmoqda va uning transfer bahosi 25 million yevrogacha ko‘tarilgan.
Shu bilan birga, 20 yoshli universal futbolchi Niko Pas Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsatib, bir necha karra qimmatlagan. Uni xarid qilishni istagan klublar 35 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflar tayyorlamoqda.
“Real” ularni qaytarmoqchimi?
Ayni paytda madridliklar ikkala futbolchini ham qayta sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Ammo “hatolar” narxi ancha yuqoriga chiqqan — 10 million yevro sotib, endi 60 million yevro to‘lash ehtimoli bor.
Siz nima deb o‘ylaysiz — “Real” o‘z yoshlariga kamroq ishonch bildiryaptimi? Bu ikki futbolchidan qaysi biri qayta “Bernabeu”ga qaytishi mumkin? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar