
O‘zbekiston Kubogi 2-turidan o‘rin olgan juda shiddatli va dramatik tarzda kechgan OKMK — “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng, OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Qosimov: “Muxlislar uchun haqiqiy tomosha bo‘ldi”
Murabbiy o‘yin haqida fikr bildirib shunday dedi:
“Bugun juda katta zavq va hayajon uyg‘otgan bahsning guvohi bo‘ldik. Bu o‘yindan asosiy g‘olib — muxlislar bo‘ldi. “Nasaf” — amaldagi chempion, tarkibi kuchli va yangi mavsumda yanada mustahkamlashdi, ayniqsa Cheran qo‘shilgandan so‘ng.”
“Shogirdlarim yomon o‘ynadi deb ayta olmayman. Biz yaxshi harakat qildik. Faqat yuqori saviyaga ega futbolchilar kerakli paytda vaziyatdan unumli foydalanishdi.”
Qayta qayta urinish va oxiridagi to‘liq burilish
Mirjalol Qosimov jamoasi 0:2 hisobida orqada ketsa-da, ruhan tushkunlikka tushmadi va o‘yin so‘ngida 3:2 hisobida ta’rifga loyiq kambekni amalga oshirdi:
“O‘tgan mavsumda xatolarimiz sababli guruh bosqichida to‘xtab qolgandik. Bu yil esa bunaqa xato qilishga haqqimiz yo‘q. Yigitlar 0:2dan so‘ng g‘alaba uchun bor kuchini berdi — bu jamoaning xarakteri.”
“Keyingi o‘yinga tayyorgarlik boshlandi”
Matbuot anjumani davomida Qosimovdan keyingi bahsda ochko va gollar farqi haqida so‘ralganda, u javoban shunday dedi:
“Kechirasiz, keyingi o‘yinimiz kubok emas, chempionat doirasida bo‘lib o‘tadi. Men hech qachon o‘yindan o‘yinga sakramayman — buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Bugungi bahs tarixga aylandi, endi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlash vaqti keldi.”
Siz nima deb o‘ylaysiz — Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK mavsum yakunigacha qaysi bosqichlargacha borib yetadi? “Nasaf”ga qarshi g‘alaba ular uchun turtki bo‘ladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar