
Elit Osiyo Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Al Ahli" — "Buriram Yunayted" (3:0) va "Yokogama Marinos" — "Al Nassr" (1:4) o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
"Al Ahli" Tailand jamoasini qiyinchiliksiz taslim etdi. Saudiya Arabistoni jamoasi gollariga Riyad Mahrez, Galeno va Roberto Firmino mualliflik qildi.
"Al Nassr" ham yapon jamoasiga qarshi o‘yinda qiyinchilik sezmadi. Jon Duran (27, 49), Sadio Mane (31) va Krishtianu Ronaldu (38)ning gollariga mezbonlar faqatgina 53-daqiqada Kota Vatanabening goli bilan javob berishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar