date
views 75

Anchelottining "Real"dagi kelajagi so‘roq ostida. U Braziliya termasini qabul qiladimi?

Anchelottining "Real"dagi kelajagi so‘roq ostida. U Braziliya termasini qabul qiladimi?
Ispaniya kubogi finalida "Real Madrid"ning ashaddiy raqibi "Barselona"dan uchralgan alamli mag‘lubiyati (2:3) bosh murabbiy Karlo Anchelottining klubdagi kelajagiga nisbatan turli savollarni keltirib chiqarmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 65 yoshli italiyalik mashhur mutaxassisning o‘zi ham Madriddagi taqdiriga nisbatan ancha ishonchsiz holatga tushib qolgan va jamoa rahbariyatining yakuniy qarori qanday bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda mashhur jurnalist Sezar Luis Merlo o‘zining insayder ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Biroq, Anchelotti hatto "Real"ni tark etgan taqdirda ham ishsiz qolmaydi, chunki uning xizmatlariga boshqa jamoalar katta qiziqish bildirishmoqda. Jumladan, Braziliya futbol konfederatsiyasi italiyalik mutaxassis bilan muzokaralarda jiddiy ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar tarqalgan.

Braziliyaliklar Anchelottiga o‘z terma jamoasini qabul qilib olishni taklif qilishgan. Ushbu taklifda, agar Anchelotti rozilik bersa, terma jamoani 2030 yildagi jahon chempionatiga qadar boshqarishi ko‘zda tutilgan. Bu bilan birga, agar mashhur mutaxassis bu taklifni qabul qilsa, milliy terma jamoalar o‘rtasida eng yuqori maosh oladigan murabbiyga aylanishi ham mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti 2021 yildan beri "Real Madrid"da faoliyat yuritib, bu davr mobaynida jamoa bilan Chempionlar ligasi, La Liga, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va boshqa bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. Endi esa uning kelajagi qanday bo‘lishi ko‘pchilik uchun qiziq savolga aylangan.

Tez orada Anchelottining yakuniy qarori va u bilan bog‘liq yangiliklar keng jamoatchilikka e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelottining "Real"dagi kelajagi so‘roq ostida. U Braziliya termasini qabul qiladimi?