
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Dinamo” jamoasi “Surxon”ni mag‘lub etib, o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bir pog‘onaga ko‘tardi. Ushbu g‘alabadan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoaning o‘yini va kelgusi rejalari haqida fikr bildirdi.
“Shamol o‘yinga jiddiy ta’sir qildi”
“Qiyin ob-havo sharoitida o‘tgan bellashuv bo‘ldi. Ayniqsa shamol, jamoalarning taktik o‘yiniga to‘siq bo‘ldi. Ammo biz gol urib olgandan so‘ng o‘yinni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldik. “Surxon” juda yaxshi shakllangan jamoa ekani shubhasiz, lekin omad bu safar bizga yor bo‘ldi”, – dedi mutaxassis.
“Mag‘lubiyatsiz seriya qachongacha davom etadi?”
Mavsum boshidan buyon mag‘lubiyat taftini his qilmagan “Dinamo”ning bu seriyasi qachon tugashi mumkinligi haqidagi savolga Karlenovich yumor bilan javob berdi:
“Ko‘z tegishini istayapsizmi? Qanchagacha kuchimiz yetadi, faqat vaqt ko‘rsatadi. Hozircha omad biz tomonda. Oldinda “Sho‘rtan”ga qarshi bellashuv bor, unda ham g‘alaba qozonishga intilamiz.”
Anvarjon Hojimirzayev nega almashtirildi?
“U o‘yin boshidayoq jarohat oldi va o‘z xohishi bilan zaxiraga olinishini so‘radi. Biz xavfga bormasdan, uni ehtiyot qildik. Balki boshi aylangan bo‘lishi mumkin,” – deya tushuntirdi murabbiy.
“Neftchi” bilan o‘yin ko‘chirildi – Karlenovich norozi
Jurnalistning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘yinning ko‘chirilgani sizni xafa qilmadimi?” degan savoliga murabbiy shunday javob berdi:
“Samarqandga yuqori martabali mehmonlar kela olmasligi sababli biz uchrashuvni o‘tkazishga tayyor ekanligimizni bildirdik. Ammo raqib jamoa rozi bo‘lmadi. Ular o‘z fikrida qolishdi.”
Taqvimdagi adolatsizlik
“Meni ajablantirayotgan jihat — mezbonlik masalasi. Masalan, “Sho‘rtan” avvalgi o‘yinlarini Qarshida neytral maydonda o‘tkazdi, biz esa ularga G‘uzorda safar qilamiz. “Xorazm”ga ham boramiz. Bunga qarshi emasmiz, ammo “Bunyodkor” kabi ba’zi jamoalar mavsum davomida Toshkentdan chiqmagan”, – deydi Karlenovich.
“Andijon”ga qarshi bahsda kim o‘ynaydi?
“Biz kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat beramiz. Ishonamanki, bu qarorimiz uchun biz jazoga tortilmaymiz”, – deydi u. Shu bilan birga, har bir o‘yin “prinsipial” ekanini qo‘shimcha qildi.
“Biz birinchi o‘rinni ushlab turibmiz. Har qanday holatda ham maydonga chiqadigan futbolchilar jamoaning qadri uchun harakat qilishadi.”
O'zbekiston yangiliklari O‘zbekiston KubogiVadim AbramovSho‘rtan UchrashuviDinamo JamoasiAndijon Mag‘lubiyatiFutbol Taqvimi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar