date
views 94

Lionel Messi jahon futbolidagi eng iqtidorli 10 futbolchi nomini ma’lum qildi

Lionel Messi jahon futbolidagi eng iqtidorli 10 futbolchi nomini ma’lum qildi
Argentina milliy terma jamoasi hamda “Inter Mayami” klubi sardori, jahon futboli afsonasi Lionel Messi bugungi kunda eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan o‘n nafar yosh futbolchi nomini oshkor etdi.

Sakkiz marta «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan argentinalik yulduzning e’tirofiga ko‘ra, hozirgi futbolning kelajagini belgilaydigan eng yorqin iste’dodlardan biri “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamaldir. Messi ushbu futbolchining iqtidoriga alohida urg‘u berib kelmoqda.

Shu bilan birga, u jahon futbolida o‘z o‘yini bilan muxlislarni hayratga solayotgan bir qator boshqa iqtidor egalarini ham sanab o‘tdi. Ular qatoridan “Yuventus”ning yosh yulduzi Kenan Yildiz, “Monako”dan Eliss Ben-Segir, “RB Leypsig”ning ikki umidli futbolchisi – Antonio Nusa va Assan Uedraogo, shuningdek, “Nottingem Forest”ning iste’dodli vakili Joel Ndala joy oldi.

Messi, shuningdek, “Manchester Siti”ning yosh futbolchisi Klaudio Echeverri va “Filadelfiya Yunion” klubidan Kavan Sallivanni ham kelajagi porloq iqtidorlar sifatida tilga oldi.

Argentinalik yulduz nainki erkak futbolchilar, balki xotin-qizlar futbolidagi iste’dodlarni ham unutgani yo‘q. Uning qayd etishicha, qizlar orasida “Nort Karolina Karij” klubidan Jedin Shou hamda “Barselona” vakili Viki Lopesning iqtidori va mahorati diqqatga sazovordir.

Messining fikricha, bu futbolchilar zamonaviy futbolning yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynaydi va kelgusida dunyo miqyosidagi yulduzlarga aylanadi. Ayniqsa, Lamin Yamalning har tomonlama yuqori mahorati uning e’tiborini o‘ziga jalb qilgan va uning kelajakdagi katta yutuqlarga erishishiga ishonchi yuqoriligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi jahon futbolidagi eng iqtidorli 10 futbolchi nomini ma’lum qildi