Barselona va Inter o‘rtasida ilk bo‘limda 4 ta gol

Barselona va Inter o‘rtasida ilk bo‘limda 4 ta gol
Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi “Barselona” – “Inter” o‘yini nihoyatda keskin boshlandi. Hisob allaqachon 1-daqiqada Markos Tyuram tomonidan ochildi. 21-daqiqada esa Denzel Dyumfris ikkinchi golni urib, mehmonlarni 0:2 oldinga olib chiqdi. Ammo "Barselona" bunday boshlanishga javobsiz qolmadi – 24-daqiqada Lamin Yamal, 38-daqiqada esa Ferran Torres hisobni tenglashtirishdi.

Statistik jihatdan "Barselona" ilk taymda ustunlik qildi: to‘pga egalik 72%, 340 pas va 91% aniqlik. "Barselona" 10 ta zarba yo‘llab, 4 tasini darvozaga aniq yo‘lladi. "Inter" esa 3 ta zarba va 2 ta aniq urinish bilan kifoyalandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar