date
views 173

Lamin Yamalning otasi: «O‘g‘limni tanqid qilish emas, yutuqlari bilan faxrlanish lozim»

Lamin Yamalning otasi: «O‘g‘limni tanqid qilish emas, yutuqlari bilan faxrlanish lozim»
«Barselona» va Ispaniya milliy terma jamoasining iqtidorli hujumchisi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui o‘g‘li haqida aytilgan salbiy fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Munir Nasraui barcha ispaniyalik muxlislar Laminning yoshiga nisbatan katta yutuqlariga faxr bilan qarashlari lozimligini ta’kidladi:

«Lamin nafaqat «Barselona», balki Ispaniya milliy terma jamoasi sharafini ham himoya qilmoqda. Hali 17 yoshida «Barselona» safida 100 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi bilan hammamiz faxrlanishimiz kerak emasmi? Uni jamoa tanlagani uchun yoki boshqa sabablar bilan tanqid qilish o‘rniga, yosh bo‘lishiga qaramasdan erishgan yutuqlari bilan g‘ururlansak, yaxshiroq bo‘ladi. O‘g‘lim haqida salbiy so‘zlar eshitsam, juda xafa bo‘laman. Masalan, «Barselona» ishqibozlari «Real Madrid»ning yosh futbolchilariga hech qachon haqorat qilmaydi-ku. Bu holatdan ibrat olish kerak», – dedi Munir Nasraui.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal joriy mavsumda «Barselona» safida o‘zining professional faoliyatidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi va jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rilayotgan yosh yulduzdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamalning otasi: «O‘g‘limni tanqid qilish emas, yutuqlari bilan faxrlanish lozim»