date
views 3 258

«Manchester Siti» – «Vulverxempton»: Asosiy tarkib e’lon qilindi

«Manchester Siti» – «Vulverxempton»: Asosiy tarkib e’lon qilindi
Bugun, 2 may kuni Angliya Premer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Vulverxempton» klublari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Manchesterdagi «Etixad» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs boshlanish arafasida jamoalarning asosiy tarkiblari ma’lum qilindi.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «shaharliklar» ushbu o‘yin oldidan 61 ochko bilan chempionatda 4-o‘rinni egallab turibdi. Yulen Lopetegi boshchiligidagi «bo‘rilar» esa 41 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olishgan.

«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi:
Darvozabon: Ederson;
Himoyachilar: Mateus Nunes, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol, O'Rayli;
Yarim himoyachilar: Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Kevin De Bryuyne;
Hujumchilar: Bernardo Silva, Jeremi Doku, Omar Marmush.

Zaxira o‘rindig‘ida Ortega Moreno, Erling Holand, Jek Grilish, Niko, Akanji, Savino, Foden, Lyuis va Makati ham o‘rin olgan.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. "Shaharliklar" uchun bu bahs uch ochko olish va yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini bersa, "bo‘rilar" ham chempionatda o‘rta pog‘onalarga ko‘tarilish uchun bor kuchini sarflaydi.

Abduqodir Husanovning maydonga tushishi va jamoa uchun foydali harakatlar qilishiga O‘zbekistonlik muxlislar sabrsizlik bilan kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» – «Vulverxempton»: Asosiy tarkib e’lon qilindi