date
views 8 840

Gvardiola katta xato qilganini tan oldi: yoshlarga ishonch bildirmaganman...

Gvardiola katta xato qilganini tan oldi: yoshlarga ishonch bildirmaganman...
Ketma-ket to‘rt mavsum davomida Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘ldan chiqarmay kelgan «Manchester Siti» joriy mavsumda o‘z taxtini «Liverpul»ga topshirib qo‘ydi.

“Shaharliklar”ning chempionlikdagi ustunligini yo‘qotishiga jamoa mavsumning birinchi yarmida boshidan kechirgan inqiroz sabab bo‘ldi, buni barcha futbol mutaxassislari ta’kidlamoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham ushbu vaziyatda aybdor ekanini tan oldi va o‘zining jiddiy xatosini endigina anglaganini aytdi:

– Endi o‘tirib, nega Niko O'Rayliga noyabr, dekabr, yanvar va fevralda imkoniyat bermagan ekanman, deb o‘ylayapman. Jeyms MakEyti borasida ham xuddi shu vaziyat. Men ularni maydonga tushirishim kerak edi, chunki ular bu imkoniyatga loyiq edi.

O‘sha vaqtda men ularni yirik va hal qiluvchi o‘yinlarga hali tayyor emas, deb hisoblaganman. Lekin hozir vaziyatga bir nazar tashlang, ular maydonda o‘zini ajoyib ko‘rsatmoqda. Bu – ular tayyor bo‘lganining eng yaxshi dalilidir, – deya ta’kidladi ispaniyalik murabbiy.

Hozir «Manchester Siti» Angliya chempionatida peshqadamlik uchun kurashdan qolgan bo‘lsa-da, mavsum so‘ngigacha har bir uchrashuvda g‘alaba qozonib, o‘z muxlislarini xursand qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga, jamoa yosh iste’dodlarning o‘yin amaliyotini yanada ko‘paytirish va ularni kelajak uchun tayyorlashga ham jiddiy e’tibor qaratadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola katta xato qilganini tan oldi: yoshlarga ishonch bildirmaganman...