
Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan xalqaro UCI reyting ochkolarini taqdim etuvchi “Tour of Bostonliq” musobaqasining hal qiluvchi uchinchi bosqichi ham yakunlandi.
Mazkur bosqich ancha murakkab va tog‘li yo‘llarda 160 kilometr masofada bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator mamlakatlardan tashrif buyurgan kuchli sportchilar g‘oliblik uchun qizg‘in raqobat olib borishdi. Barcha ishtirokchilar o‘z imkoniyatlari va mahoratini sinovdan o‘tkazib, kuchliroq bo‘lishga harakat qilishdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Svetkov muvaffaqiyatli harakat qilib, musobaqaning yakunida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. U shuningdek, umumiy hisobda uchinchi pog‘onani band qilib, terma jamoamiz uchun muhim bo‘lgan reyting ochkolarini ham taqdim etdi.
Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslari ham qizg‘in va intrigaga boy tarzda kechdi. Bu yerda ham vakilalarimiz ajoyib natijalarni qayd etishdi. Xususan, poygada qatnashgan hamyurtlarimizdan Shahnoza Abdullayeva musobaqaning birinchi o‘rniga munosib ko‘rildi. Uning ortidan finish chizig‘ini kesib o‘tgan yana bir sportchimiz Madina Qahhorova esa ikkinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Uchinchi pog‘onaga esa Jazoir vakili Nesrine Houili ko‘tarildi.
Shu tariqa, ayollar o‘rtasidagi xalqaro velopoyganing barcha bosqichlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘zbekiston velosport terma jamoasi a’zolari turnir davomida ko‘rsatgan yuqori natijalar va ajoyib mahorati bilan barchaning e’tirofi va olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Bo‘stonliq TumanTour of BostonliqO‘zbekiston Terma JamoasiNikita SvetkovShahnoza AbdullayevaVelosport Musobaqasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar