
«Atletiko Madrid» jamoasining bosh murabbiyi Diyego Simeone «Vilyarreal» yarim himoyachisi Aleks Baena haqida savol bergan jurnalistga qiziqarli javob berdi. Eslatib o‘tamiz, matbuotda madridliklar mazkur futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.
«Siz menga ayyor va ikki ma’noli savol bilan murojaat qilyapsiz. Hozir menga keladigan yoki kelmaydigan futbolchi haqida fikr bildirishni aytyapsiz. Shunday qilib, siz meni ahmoq deb o‘ylayapsizmi? (kuladi) Nima demoqchiligimni tushunyapsiz-a?
Siz mendan shunday javob kutyapsizki, men unga yaxshi futbolchi desam, darhol: “U murabbiyga yoqyapti, demak, transfer bo‘ladi”, – deysiz. Agar uning o‘yiniga salbiy baho bersam, siz esa bu murabbiyga yoqmaganini yozasiz. O‘z jamoangda o‘ynamayotgan futbolchi haqida gapirish qiyin masala. Lekin, menimcha, Baena juda ajoyib futbolchi», – deb kuldi Simeone.
"Atletiko" bosh murabbiyining bu javobi matbuot anjumanida yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tarib yubordi va ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Atletiko MadridDiyego SimeoneAleks BaenaFutbolchi haqidaTransfer masalasiMatbuot anjumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar