
Ma’lumki, kecha Superliganing navbatdagi turida «Andijon» klubi Olmaliqda OKMK jamoasiga qarshi o‘ynadi. Uchrashuv juda keskin va dramatik ssenariyda o‘tdi. Birinchi bo‘limni 3:1 hisobida g‘olib sifatida yakunlagan «burgutlar» uchun ikkinchi taym omadsizlik bilan tugadi. Mezbon jamoa futbolchisi hatto maydondan chetlatilganiga qaramay, OKMK hisobni o‘z foydasiga 4:3 ga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi va g‘alabani tortib oldi.
Ushbu omadsiz natijadan so‘ng, bugun klub rahbariyati tomonidan muhim qaror qabul qilindi va jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqarildi.
«Andijon» klubi rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalar ushbu qarorga sabab bo‘lgan. Klub rahbariyati va muxlislar Aleksandr Xomyakovga jamoada ko‘rsatgan mehnati va qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanguncha, «Andijon»ni vaqtinchalik Artyom Petrosyan boshqaradi. Uning qo‘l ostida jamoa yangi g‘alabalarga umid bog‘lamoqda.
Shunday qilib, «Andijon» klubi muxlislari va rahbariyati yangi bosh murabbiy tayinlanishini intiqlik bilan kutib qolmoqda. Ayni paytda klubning asosiy vazifasi yangi murabbiy rahbarligida mavsumning qolgan qismida yaxshi natijalar qayd etish va turnir jadvalida yuqori o‘rinlarga intilish bo‘ladi.
Andijon KlubiSuperligaAleksandr XomyakovOKMK JamoasiFutbolMuvaffaqiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar