date
views 400

«Real Madrid» tarkibni kuchaytirish uchun yirik transferlar rejalashtirmoqda

«Real Madrid» tarkibni kuchaytirish uchun yirik transferlar rejalashtirmoqda
Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Relevo» nashrining ma’lum qilishicha, «qaymoqranglilar» kelasi mavsum oldidan jamoaga kamida to‘rt nafar yangi futbolchini qo‘shib olish niyatida.

Ushbu transferlarning birinchisi allaqachon amalga oshirildi desa ham bo‘ladi – bu «Liverpul» jamoasining taniqli himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bilan kelishuv erishildi. Qolgan pozitsiyalar bo‘yicha klub markaziy va chap qanot himoyachilari, yarim himoyachi hamda hujumchi tanlash bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa, jamoa mudofaa chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratgan va bu masalada yangi bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Xabi Alonsoning taklif va tavsiyalari muhim rol o‘ynaydi.

Markaziy himoya pozitsiyasiga eng ko‘p mos keladigan nomzod sifatida «Arsenal» a’zosi Vilyam Saliba ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, jamoa «Kastilya» tarkibida harakat qilayotgan iqtidorli futbolchilar – Xoan Martines va Xakobo Ramondan katta umid bog‘lagan.

Yarim himoyachi pozitsiyasi uchun esa klub o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Niko Pasni jamoaga qaytarish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Hujumchi transferi esa Rodrigoning kelajagiga bog‘liq bo‘ladi. Agar braziliyalik hujumchi jamoani tark etsa, unga o‘xshash, ya’ni Xoseluga xos bo‘lgan o‘yin uslubiga ega hujumchi topish uchun muzokaralar boshlanadi.

Madridliklarning ushbu transfer rejalari yangi mavsumda yanada yuqori natijalar qayd etish va titullar uchun jiddiy kurashish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real Madrid» tarkibni kuchaytirish uchun yirik transferlar rejalashtirmoqda