11:12 / 23.11.2016
6 277

Oliy ligani tark etadigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Oliy ligani tark etadigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 22 noyabr kuni Oliy liganing so‘nggi, 30-turi doirasida 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinlar Oliy ligani tark etgan va o‘tish bahsida ishtirok etadigan jamoalar nomini aniqlab berdi.

«Andijon» o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi. Jamoa o‘z o‘yinida kerakli hisobda g‘alaba qozonish bilan birga, Oliy ligada qolish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Toshkentning «Obod» va «Paxtakor» jamoalari uchrashuvi natijasini kutishi kerak edi.

Toshkent jamoalari bahsida 1:1 hisobi qayd etildi va bu natija andijonliklarni qoniqtirar edi. Ja’far Irismetov shogirdlari 24 ochko bilan 14-o‘rinni band etishdi.

Andijonliklar jamoasiga 2:0 hisobidagi g‘alaba kerak edi. «Andijon» o‘yinning 30-daqiqasida Ro‘zimboy Ahmedovning zarbasi evaziga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo qolgan daqiqalarda «Navbahor» o‘z darvozasidan boshqa gol o‘tkazmadi.

Natijada «Andijon» 16-o‘rinni egallagan holda Oliy ligani tark etadigan bo‘ldi. «Navbahor» esa Oliy ligada qolish uchun Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, quyi ligada ikkinchi o‘rinni egallagan «Norin» bilan o‘tish bahsida ishtirok etadi. Bu o‘yin 28 noyabr kuni Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi.

30-turning qolgan bellashuvlari 23 noyabr kuniga belgilangan.

Oliy liga, 30-tur
Paxtakor - Obod - 1:1
Gollar: Jamshid Iskandarov (42) —Pavel Solomin (22)
«Paxtakor»: Ergashev, Andreev (s), Kozak, Oraxovas, Boltaboyev, Ismatullaev, Sohibov, Nurullaev, Iskanderov, Masharipov, Sidorov
«Obod»: Hamroyev, Husinov, G‘iyosov, Umirov, Solomin, Qosimov, Qahhorov, G‘ofurov (s), Mirahmadov, Rixsiboyev, Sobirxo‘jaev.

Qo‘qon-1912 - Olmaliq - 2:1
Gollar: Suhrob Berdiev (39), Jahongir Siddiqov (52) — Temur Usmonov (20)
«Qo‘qon-1912»: 13. Aziz Ashurov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otaqo‘ziev, 14. Avaz Mamatxo‘jaev, 26. Oybek Rustamov, 55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Hamidov, 75. Ibrohim Rahimov, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev, 99. Javohir Siddiqov.
«Olmaliq»: 16. Umid Xonimqulov, 3. Saidkomil Akbarov, 4. Abduqahhor Xojiakbarov, 6. Rahmatillo Berdimurodov, 13. Otabek Valijonov, 14. Doniyor Ismoilov, 17. Muhammad Isaev, 23. Timur Usmonov, 33. Oybek Nurboyev, 94. Xurshid Muxtorov, 99. Shohnazar Norbekov.

Andijon - Navbahor - 1:0
Gol: Ro‘zimboy Ahmedov (30)
«Andijon»: 46. Xurshid Xodjaev, 8. Elman Tagaev, 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmuratov, 19. Denis Ilesku, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 29. Obid Jo‘raboyev, 32. Alisher Abduvohidov, 55. Dilshod Jo‘raev, 89. Bobir Akbarov, 90. Pavel Smolyachenko.
«Navbahor»: 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov (S), 10. Alisher Mahmudov, 21. A’zam Aliev, 24. Ilhom Boydadaev, 26. Qahramon Mahamadjonov, 28. Islombek Isoqjonov, 33. Tohir Shamsitdinov, 50. Abdumalik Abdullaev, 99. Ruslan Vagapov.

Qizilqum - So‘g‘diyona - 3:1
Gollar: Nemanya Yovanovich (11, 25), Vohid Shodiev (33-penalti) — Ixtiyor Toshpo‘latov (85)
«Qizilqum»: 1. Erkin Jabborov, 5. Georgiy Kvesieshvili, 8. Akmal Rustamov, 25. Azizbek Usmonov, 27. Ilxom Yunusov, 44. Erkin Boydullaev (s), 55. Jasur Hasanov, 84. Nemanya Yovanovich, 86. Vohid Shodiev, 98. Behzod G‘anijonov, 99. Alisher Yusupov.
«Sug‘diyona»: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Elyor Oripov, 5. Murod Xolmuhamedov, 8. Suxrob Qobilov, 9. Akmal Abdurahmonov, 10. Muzaffar Muzaffarov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Qahramon Baxodirov, 20. Jahongir Jiyamurodov, 77 Sardor Eminov, 93. Ixtiyor Toshpo‘latov.

Metallurg - Neftchi - 1:0
Gol: Dilmurod Karimov (19)
Noaniq penaltilar: ("Metallurg", 54 va 77-daqiqalar)
«Metallurg»: Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Javohir Esonqulov, Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullaev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Murodjon Toshmatov, Islomjon Qobilov, Jahongir Abdumo‘minov.
«Neftchi»: Abdumavlon Abdujabborov, Shukurali Po‘latov, Furqat Hasanboyev, Sherzod Hakimov, Abbosbek Maxstaliev, Javohirbek Rasulov, Dilyorbek Ermatov, Muhsinjon Ubaydullaev, Abdurahmon Abdulhaqov, Jahongir Mehmonov, Sardor Rahmonov.

Ayni vaqtda turnir jadvalida hosil bo‘lgan vaziyat:

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy ligani tark etadigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi