
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Milan» o‘z uyida «Jenoa»ni qabul qilib, og‘ir kechgan bahsda 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdan so‘ng milanliklar bosh murabbiyi Serjiu Konseysau o‘z shogirdlari ko‘rsatgan iroda va xarakterni yuqori baholab, g‘alabaning asosiy qahramonlari sifatida futbolchilarni e’tirof etdi.
«O‘yinni bir taktik tuzilma bilan boshlagan bo‘lsak-da, maydondagi vaziyatni kuzatib, boshqa bir sxemaga o‘tishga qaror qildik. Murabbiy sifatida menga ish haqi to‘lashadi, demak, o‘yinni kuzatib, zarur qarorlarni qabul qilish mening burchim hisoblanadi. Lekin har doim ham murabbiy o‘yinga ta’sir o‘tkaza olmaydi – bugun, ayniqsa, futbolchilarning o‘yini hal qiluvchi bo‘ldi», – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Konseysau jamoadagi ruhiyat va birdamlikning kuchli ekaniga alohida urg‘u berib o‘tdi: «Biz faqat taktik jihatlarni takomillashtirish bilan cheklanib qolmaymiz, balki futbolchilarning shaxsiy o‘sishi, ruhiy holati va jamoaviylik kabi muhim jihatlarga ham jiddiy e’tibor qaratamiz. Albatta, o‘yin davomida xatolar yuzaga chiqishi tabiiy hol – biz ularni aniqlab, mashg‘ulotlarda shu yo‘nalishlarda ko‘proq ishlashga harakat qilamiz. Bugun o‘tkazib yuborgan golimiz shunday vaziyatdan biri bo‘ldi».
Murabbiy zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning o‘yinini ham yuqori baholadi: «Zaxiradagi o‘yinchilarimiz maydonga tushib, bizga yetishmay turgan joylarni to‘ldirishdi va hatto o‘yin sur’atini oshirishdi. O‘yin davomida rasstanovkamizni o‘zgartirib, Ximenes va Joau Feliksni oldingi chiziqqa joylashtirdik. Ular esa hujumdagi imkoniyatlarimizni kengaytirib, kuchimizni oshirdilar. Bu esa murabbiyning emas, aynan ularning mahoratli harakatlari tufayli amalga oshdi».
«Milan» bosh murabbiyi jamoasining ruhiy jihatdan kuchli va birlashgan ekanligi kelgusi o‘yinlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi: «Jamoamiz bugun yana bir bor o‘z xarakterini va kuchini namoyon qildi. Bu iroda bizga chempionlik poygasida ham katta yordam beradi. Futbolchilarning maydondagi har bir harakati murabbiyning falsafasi bilan birlashganda natija keladi va bu biz uchun katta quvonch».
Ma’lumot uchun, Serjiu Konseysau «Milan» boshqaruviga kelganidan buyon jamoada sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Uning qo‘l ostidagi «rossonerilar» ayni paytda Italiya chempionligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida baholanmoqda. Konseysauning pragmatik va muvozanatli uslubi jamoaga yangi kuch bag‘ishlagani shubhasiz.
MilanJenoaSerjiu KonseysauFutbolchilarTaktik JihatlarRuhiy Holat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar