
“Manchester Siti” jamoasi ancha vaqtdan beri yuqori darajadagi darvozabon qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Bunga klubning asosiy posboni Ederson o‘tgan yildan beri jamoani tark etish istagida ekani sabab bo‘lmoqda.
Football Italia nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Italiya milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ klubini tark etish ehtimoli kun sayin oshib bormoqda.
26 yoshli darvozabonning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Biroq, u yangi shartnomaga imzo chekishga shoshilmayapti va kelajagini boshqa chempionatlarda sinab ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Italiyaning ikki katta klubi – “Yuventus” hamda “Inter” Donnarummani o‘z yurtiga qaytarish va A Seriyada faoliyatini davom ettirishga ko‘ndirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, endi bu transfer uchun kurashga moliyaviy jihatdan kuchli imkoniyatga ega bo‘lgan Angliya Premer-ligasi klubi “Manchester Siti” ham qo‘shilgan. Angliyaliklar Donnarummani Italiyaga qaytish fikridan qaytarib, Premer-ligaga jalb qilishlari mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, yaqinda Bundesliga chempionligini “Bayer”dan qaytarib olgan “Bavariya” ham Donnarummani jiddiy kuzatmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini baholamoqda.
Shunday qilib, bu yozgi transfer oynasida Donnarummaning kelajagi bilan bog‘liq qiziqarli kurash yuzaga kelishi mumkin. Bu esa futbol muxlislari uchun yana bir qiziq mavzu bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar