09:22 / 24.11.2016
5 815

Neymar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va futboldan chetlatilishi mumkin

Neymar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va futboldan chetlatilishi mumkin

Ispaniya sudi «Barselona» klubi hujumchisi Neymar va otasiga nisbatan ayblovni qayta ko‘rib chiqadi. Shuningdek, kataloniyaliklar klubi sobiq va hozirgi prezidentlari Sandro Rosel va Xose Bartomeu, hamda «Santos»ning sobiq prezidenti Odilo Rodrigeslarga ham ayblov e’lon qilingan.

DIS investorlik kompaniyasi barcha besh nafar ishtrokchilarni firibgarlikda ayblab, qamoq jazosiga tortishni talab etmoqda.

Marca nashrining xabar qilishicha, DIS kompaniyasi firibgarlik va poraxo‘rlik qilgani uchun Roselni 5 yil, Bartomeuni esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘ramoqda. Neymar va uning otasini besh yilga qamoq jazosiga tortishni talab etmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya barcha ayblanuvchilarni 6 yil muddatga futboldan chetlatilishiga umid qilmoqda. Shuningdek, «Barselona» 195 mln evro kompensasiya puli to‘lashi kerakligi aytilmoqda.

DIS kompaniyasi Neymarning transfer summasining 40%iga egalik qilgan. «Barselona» klubi «Santos»ga futbolchini sotib olish uchun 83,3 mln evro to‘lagan bo‘lsada, DISga 17,1 mln evrogina ulush tekkan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va futboldan chetlatilishi mumkin