date
views 36

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekistonlik qizlarimiz Xitoyda medallarga ega chiqdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekistonlik qizlarimiz Xitoyda medallarga ega chiqdi
Xitoyning Jiangshan shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari o‘zlarining yuqori salohiyatlarini yana bir bor ko‘rsatib, mamlakatimizga navbatdagi medallarni taqdim etishdi. Bu safar sovrindorlar orasida ikki nafar iste’dodli hamyurtimiz — Rigina Adashbayeva va Madina Fayzullayeva ham bor.

Jumladan, -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rigina Adashbayeva dast ko‘tarish bo‘yicha musobaqalarda 104 kilogrammlik natija qayd etdi va shu natija bilan bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, u ikkikurash natijasida umumiy 224 kilogramm ko‘rsatkichi bilan yana bir bor bronza medalini qo‘lga kiritib, ikki karra sovrindor bo‘ldi.

Terma jamoamizning yana bir iqtidorli sportchisi Madina Fayzullayeva ham o‘zining kuchli ekanligini ko‘rsatib, siltab ko‘tarish mashqida 121 kilogrammlik og‘irlikni muvaffaqiyatli ravishda bo‘ysundirdi. Shuning natijasida Madina o‘z vazn toifasidagi kuchli uchlikka kirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, bunday nufuzli musobaqalarda yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishi mamlakatda ushbu sport turi uchun qo‘yilgan e’tibor va sharoitlarning yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu kabi natijalar, o‘z navbatida, kelgusi nufuzli xalqaro musobaqalar, xususan, Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ham yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish uchun umid uyg‘otadi.

Xitoyda davom etayotgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan yanada ko‘proq medallar kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Federatsiya mutasaddilari musobaqaning qolgan kunlarida boshqa sportchilarimiz ham g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashiga ishonch bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekistonlik qizlarimiz Xitoyda medallarga ega chiqdi