
«Andijon» futbol klubida murabbiylar shtabidagi yangilanishlar davom etmoqda. Yaqinda jamoa rahbariyati klubning yangi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix tayinlanganini e’lon qilgan edi. Endi esa uning yordamchisi sifatida ukrainalik tajribali murabbiy Vitaliy Vasilevich Shpanyukning ish boshlashi rasman ma’lum qilindi.
1971 yilning 12 fevralida Ukrainada tug‘ilgan 54 yoshli mutaxassis o‘z faoliyatida murabbiylik Pro litsenziyasiga ega bo‘lib, ko‘plab jamoalarda samarali mehnat qilgan. Shpanyuk Ukraina va xorijiy klublarda boy tajriba orttirgan. Xususan, u «Kremen», «Arsenal» (Kiyev), Ukraina milliy terma jamoasi, «Slavutich», «Karpati», «Lvov» va «Vorskla» kabi ukrain klublarida, Rossiyaning «Anji» va «Rotor» klublarida, shuningdek, Gruziyaning mashhur «Dinamo» Tbilisi jamoasida o‘zini ko‘rsatgan.
O‘zbekiston futboli muxlislariga Shpanyuk «Paxtakor» klubida Maksim Shatskix bilan birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Aynan Toshkent klubida ular birgalikda ishlab, samarali natijalarga erishgan edilar. Shu sababdan Shatskix yana bir bor Shpanyuk bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan va uni o‘zining ishonchli yordamchisi sifatida «Andijon»ga taklif etgan.
Klub rahbariyatining fikricha, Maksim Shatskix va Vitaliy Shpanyuk dueti jamoani yangi mavsumda yuqori natijalarga olib chiqish uchun muhim rol o‘ynashi mumkin. Shuningdek, bu tajribali murabbiylarning kelishi bilan «Andijon» klubidagi professionallik darajasi hamda taktik saviya yanada oshishi kutilmoqda.
Ekspertlar va muxlislar esa «Andijon» klubining yangi murabbiylar shtabi mamlakat chempionatida raqobatbardosh va samarali jamoani shakllantirishiga umid bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar