date
views 50

Fazliddin Erkinboyev Jahon boks kubogi yarim finaliga yo‘l oldi

Fazliddin Erkinboyev Jahon boks kubogi yarim finaliga yo‘l oldi
Polshaning Varshava shahrida o‘tayotgan “World Boxing Cup” — Jahon boks kubogi musobaqasi qizg‘in va mas’uliyatli bosqichga kirdi.

Bu nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuqori darajadagi mahorat, jangovarlik va texnik tayyorgarliklari bilan alohida ajralib turibdi. Ringdagi harakatlari nafaqat mutaxassislar, balki tomoshabinlar e’tiborini ham tortmoqda.

-75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Fazliddin Erkinboyev bugun braziliyalik Kauye dos Santosga qarshi jang qildi. Qat’iyatli va muvozanatli kechgan uch raundlik bahsda Erkinboyev hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Endilikda barcha e’tibor yurtdoshimizning navbatdagi raqibiga qarshi chiqadigan finalga yo‘llovchi hal qiluvchi jangga qaratilgan.

Siz Erkinboyevning bu g‘alabasi haqida nima deb o‘ylaysiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin Erkinboyev Jahon boks kubogi yarim finaliga yo‘l oldi