
15 may kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 32-turida "Al Ittihod" jamoasi mehmonda "Al Rayed"ni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, mavsumning yakunlanishiga ikki tur qolganida chempionlikni muddatidan avval rasman rasmiylashtirdi. Uchrashuvda Jidda klubining futbolchilari raqib maydonida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Mazkur bellashuvda dastlabki golni 9-daqiqada mezbonlar safida O.Gonsales kiritgan bo‘lsa-da, "Al Ittihod" futbolchilari tezda o‘yinni o‘z qo‘llariga olib, raqib darvozasini javobsiz qoldirishmadi. 21-daqiqada gollandiyalik yulduz Stiven Bergveyn hisobni tenglashtirdi. 40-daqiqada tajribali portugaliyalik yarim himoyachi Danilo Pereyra ikkinchi golni kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, aniqrog‘i 47-daqiqada Abdurahman Al-Obud tomonidan uchinchi gol kiritildi va bu bilan o‘yin taqdiri hal bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Al Ittihod" o‘z ochkolarini 77 taga yetkazdi va eng yaqin ta’qibchisi "Al Hilol"dan 9 ochkoga uzoqlashdi. Shu tariqa, klub o‘z tarixidagi 10-chempionlikni rasman qo‘lga kiritib, mamlakat futboli tarixidagi eng sovrindor klublar qatoridan munosib o‘rin egalladi.
Bu mavsumda "Al Ittihod"ning asosiy yuzi, albatta, fransuz yulduzi Karim Benzema bo‘ldi. Jamoa kapitani va yetakchisi sifatida Benzema nafaqat o‘zining yuqori mahoratli o‘yini bilan ajralib turdi, balki maydondagi yosh va tajribali futbolchilarni ham birlashtiruvchi kuch bo‘lib qoldi.

Jamoaning bosh murabbiyi Loran Blan bu mavsumda jamoani yuqori darajada tashkillashtirdi va har bir futbolchining individual salohiyatini maksimal darajada ko‘rsatishiga erishdi. Bu esa yakunda jamoaning chempionlikka yetishida hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Jidda klubining muxlislari bu g‘alabani katta bayram sifatida nishonlamoqdalar. Ular uchun bu mavsum uzoq vaqt yodda qoladigan bo‘ldi, zero klub 10 yillik chempionlik yubileyini munosib ravishda nishonladi.
Zamin.uz tahririyati "Al Ittihod"ni chempionlik bilan tabriklab, jamoaga kelgusi mavsumlarda ham yuqori marralarni zabt etishini tilab qoladi!
Al IttihodKarim BenzemaJidda KlubiSaudiya ArabistoniChempionlik YubileyiFutbol Muxlislari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar